GREEN UNIVERSITYDA ÖZBEK TILI BAYRAMI KENG NIŞONLANDI.

21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni hamda özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Green Universityda bayram tadbiri taşkil etildi.


Tadbir davomida ona tilimizning boyligi, betakror jozibasi va milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvçi şe’rlar, qöşiqlar hamda badiiy çiqişlar namoyiş etildi. Ayniqsa, xorijiy professor-öqituvçilar va talabalarning özbek tilida şe’rlar öqib berişi bayramga özgaça ruh bağişlab, ularning davlat tilimizga bo‘lgan hurmati va samimiy ehtiromini namoyon etdi.


Şuningdek, xorijiy professor-öqituvçilar va talabalar iştirokida “Özbek tili — qalbim tarjimoni” tanlovi ötkazildi. Turli mamlakatlardan kelgan talabalar çiqişlari özbek tilining insonlarni birlaştiruvçi kuçini yana bir bor namoyon etdi.


Bayram dasturi doirasida universitet professor-o‘qituvçilari va xodimlari örtasida ötkazilgan “Umummilliy diktant” savodxonlik tadbiri ğoliblari ham taqdirlandi. hamda bayramda faol iştirok etgan xorijiy ustozlar, talabalar va boşqa qatnaşçilarga sertifikatlar hamda esdalik sovğalari topşirildi.


Tadbir ona tilimizga bölgan ehtiromni yanada mustahkamlaş, özbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş hamda turli millat vakillari örtasida döstlik va hamjihatlikni rivojlantirişga xizmat qildi.