Green University xodimlari kunni sog‘lom turmush tarzi bilan boshlashdi

  • 01.07.2026
  • 422

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 7-aprel kuni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Green University xodimlari kunni jismoniy mashqlar bilan boshlashdi.


Mazkur ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar davomida xodimlar kunni tetiklik va ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlash imkoniga ega bo‘ldilar.


Jismoniy mashqlar organizmni chiniqtirish, ish unumdorligini oshirish, stressni kamaytirish hamda jamoada sog‘lom va ijobiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Green University’da xodimlarning salomatligini asrash, ularning jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan bunday tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yo‘lidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga o‘tish
#MUSTAQILLIK35