Green University birinchi kurs talabalariga o‘z eshiklarini ochdi
- 08.09.2026
- 65
7-sentabr kuni Green University yangi kunduzgi bakalavriat talabalarini Orientation Week 2026 haftaligi doirasida kutib oldi.
Ilk kun Green University rektori, professor Baxtiyor Pulatovning tabrik so‘zi bilan boshlandi. U talabalar hayotidagi yangi akademik bosqich, ularning Green University jamoasidagi o‘rni hamda universitetda tahsil olish davomida yaratiladigan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
Birinchi prorektor Saidjahon Xasanov Green University faoliyati haqida ma’lumot berdi. Prorektor Otabek Babajanov talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zladi. Climate Residency Programme direktori Shaxboz Ahmedov ham talabalarga murojaat qildi.
Dastur davomida Ixtisoslashtirilgan atmosfera laboratoriyasi markazi rahbari Z. Alimov, Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi rahbari V. Rakhmatova, dotsent M. Bekchanov hamda katta o‘qituvchilar Octavio Calvo-Gomez, Aboali Golzary, Hossein Akhani va Firaz Halawani tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Talabalar, shuningdek, Talabalar qo‘llanmasi bilan tanishdilar. Kun universitet bo‘ylab ekskursiya bilan yakunlandi.
Orientation Week’ning ilk kuni Green University talabalari uchun yangi akademik bosqichning rasman boshlanganini belgiladi.
English
O'zbek










