
2026-yil 13-noyabr kuni Turkiyaning Antalya şahrida bölib ötgan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) doirasida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University) tomonidan xalqaro ilmiy tadbir taşkil etildi.
COP31 konferensiyasining Blue Zone hududida joylaşgan Özbekiston pavilyonida ötkazilgan tadbir iqlim özgarişi şaroitida issiqxona gazlari monitoringini takomillaştiriş, quyoş energiyasi salohiyatini baholaş hamda elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini prognozlaş masalalariga bağişlandi.
Tadbirda Yaponiya, Turkiya va Özbekistonning yetakçi olimlari, professorlari hamda soha mutaxassislari iştirok etib, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan samarali foydalaniş hamda innovatsion ilmiy-texnologik yeçimlarni rivojlantiriş borasidagi xalqaro tajriba va ilmiy yondaşuvlar bilan örtoqlaşdilar.
Dastur doirasida GOSAT sun’iy yöldoş kuzatuvlari asosida issiqxona gazlari monitoringini amalga oşiriş, iqlim özgarişi va ekstremal ob-havo hodisalarining quyoş energetikasi obyektlariga ta’sirini örganiş, Özbekistonning quyoş energiyasi salohiyatini baholaş hamda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida elektr energiyasi işlab çiqarişni prognozlaş kabi dolzarb yönalişlar muhokama qilindi.
Şuningdek, iştirokçilar sun’iy yöldoş va meteorologik kuzatuv ma’lumotlaridan samarali foydalaniş, ilmiy tadqiqotlar sifatini oşiriş, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş hamda Markaziy Osiyoda barqaror energetikani rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşdilar.
Mazkur xalqaro tadbir Green Universityning xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş, global iqlim kun tartibidagi faol iştirokini kengaytiriş hamda Markaziy Osiyoda ekologik barqarorlik va iqlim özgarişiga moslaşuvçanlikni ta’minlaşga qaratilgan ilmiy taşabbuslarni ilgari suriş borasidagi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etdi.







