GREEN UNIVERSITYDA ADAMA KOMPANIYASI DELEGATSIYASI BILAN UÇRAŞUV BÖLIB ÖTDI.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University)da xalqaro miqyosda faoliyat yurituvçi ADAMA kompaniyasi delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.


ADAMA qişloq xöjaligi ekinlarini himoya qiliş vositalarini işlab çiqiş, işlab çiqariş va yetkazib beriş sohasida dunyoning yetakçi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya mahsulotlari qatoriga gerbitsidlar, insektitsidlar, fungitsidlar hamda ösimliklar ösişini tartibga soluvçi vositalar kiradi. Bugungi kunda ADAMA mahsulotlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida taqdim etilgan.


Uçraşuvda ADAMA kompaniyasining Xitoy mintaqasi rahbari Cao Zheng, Xitoy mintaqasi marketing departamenti rahbari Yan Dayu, mahsulotlarni işlab çiqiş va röyxatdan ötkaziş böyiça menejeri Wang Peng hamda savdo yönalişi hududiy menejeri Hao Yanjun iştirok etdi.


Muloqot davomida tomonlar qişloq xöjaligi, atrof-muhitni muhofaza qiliş, ilğor agrotexnologiyalarni rivojlantiriş hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati yönalişlarida özaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.


ADAMA delegatsiyasi Green University bilan qöşma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş, innovatsion texnologiyalarni örganiş hamda ilğor texnologik yeçimlarni Özbekistonga transfer qiliş borasida hamkorlik örnatişga qiziqiş bildirdi.


Uçraşuv yakunida tomonlar ilmiy salohiyat va xalqaro tajribani birlaştiriş, özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş hamda kelgusida qöşma loyihalar va taşabbuslarni amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qildilar.