GREEN UNIVERSITY “BIR MAKON, BIR YÖL” 9-XALQARO TURIZM FORUMIGA HAMKORLIKDA MEZBONLIK QILDI.

“Bir makon, bir yöl: yaşil taraqqiyot va turizm sohasidagi hamkorlik” mavzusidagi 9-xalqaro turizm forumi Pekin va Toşkent şaharlarini gibrid formatda boğlagan holda bölib ötdi.


Forum Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti (BISU), Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University), “Ipak yöli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Pekin turizm jamiyati hamkorligida taşkil etildi.


Tadbirda 10 dan ortiq universitet, ilmiy-tadqiqot muassasalari va korxonalardan 17 nafar ekspert hamda olim iştirok etib, barqaror va ekologik turizmni rivojlantiriş hamda xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.


Forumning oçiliş marosimida Green University rektori, professor Baxtiyor Pölatov nutq sözlab, ilmiy tadqiqotlar, ekologik ta’lim, iqlim masalalari va ekoturizm yönalişlarida Özbekiston–Xitoy hamkorligini mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi.


Şuningdek, universitet vakillari ilmiy sessiyalarda ma’ruzalar bilan iştirok etdi. Xususan, dotsent Firas Halavani Özbekistonning 2030-yilgaça turizmni rivojlantiriş strategiyasi haqida taqdimot qildi. Doktorant Wang Çenxi esa qayta tiklanuvçi energiya sohasidagi Özbekiston–Xitoy hamkorligi doirasida ekologik tiklaş amaliyotlariga oid ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etdi.


Forum yakunida Green University prorektori, professor Zou Tongqian sözga çiqib, Pekin va Toşkent örtasida ilmiy-amaliy almaşinuvni rivojlantiriş hamda yaşil taraqqiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirişda forumning ahamiyatini qayd etdi.


Mazkur forum “Bir makon, bir yöl” taşabbusi doirasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, barqaror turizmni rivojlantiriş hamda xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytiriş uçun muhim muloqot maydoni bölib xizmat qildi.