
Toşkent şahrida Xitoy Xalq Respublikasining Siçuan viloyati Ta’lim departamenti tomonidan taşkil etilgan xalqaro ta’lim almaşinuvi tadbirlari bölib ötdi.
Tadbir doirasida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University) hamda Xitoyning Sichuan Normal University örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelişuv ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida akademik aloqalarni rivojlantiriş, xalqaro ta’lim almaşinuvini kengaytiriş hamda ta’lim sohasida özaro tajriba almaşiş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida Green University’ni “Xalqaro xitoy tili ta’limi böyiça amaliyot bazasi” (International Chinese Education Internship Base) sifatida belgilaş nazarda tutilgan. Uşbu taşabbus xitoy tilini öqitiş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, talabalar uçun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratiş va universitetlar örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, tadbirning ikkinçi yarmida “Xalqaro xitoy tili ta’limi va kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik” mavzusida seminar taşkil etildi. Unda xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytiriş, kasbiy ta’limni rivojlantiriş va uşbu yönalişlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.









