
2026-yil 27-oktabr kuni Germaniya Federativ Respublikasi Oziq-ovqat, qişloq xöjaligi va içki işlar federal vazirligining parlament davlat kotibi, Germaniya Bundestagi a’zosi Martina Englhardt-Kopf boşçiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University)ga taşrif buyurdi.
Taşrif doirasida universitetning birinçi prorektori Sayidjaxon
Xasanov iştirokida rasmiy uçraşuv bölib ötdi. Unda Green Universityning asosiy faoliyat yönalişlari, ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot salohiyati hamda xalqaro hamkorlik loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Uçraşuv davomida Germaniya va Özbekiston ilmiy-tadqiqot muassasalari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, professor-öqituvçilar va talabalar akademik almaşinuvini yölga qöyiş, şuningdek, barqaror qişloq xöjaligi, ekologik innovatsiyalar va iqlim özgarişiga moslaşiş masalalari muhokama qilindi.









