JUMA — MILLIY LIBOSLAR KUNI!

Milliy qadriyatlarimiz — o‘zligimiz ifodasi, milliy liboslarimiz esa boy madaniyatimiz va tariximizning go‘zal timsolidir.


Hurmatli professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari va aziz talabalar!


Sizlarni 30-oktabr, juma kuni universitetimizga milliy liboslarda tashrif buyurishga chorlaymiz!


Atlas-u adraslar jilosi, do‘ppilarimiz ko‘rki va choponlarimiz salobati bilan universitetimizga o‘zgacha fayz, milliy ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaylik!


Keling, milliy liboslarimiz orqali qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatimizni namoyon etib, milliy an’analarimizni birgalikda qadrlaylik va davom ettiraylik!