GREEN UNIVERSITY ECO CLUB PREZIDENTI SAYLANDI.

Green University talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan saylov yakunlariga ko‘ra, Jo‘rayev Yuldoshbek Kenjayevich Green University Eco Club prezidenti etib saylandi.


Saylov jarayonida talabalar tomonidan bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash natijasida Yuldoshbek Jo‘rayev ushbu mas’uliyatli vazifani amalga oshirish uchun tanlandi.


Yangi prezident Eco Club faoliyatini yanada rivojlantirish, talabalar o‘rtasida ekologik ong va madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarni kengaytirish hamda yangi ekologik loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratadi.


Green University jamoasi Yuldoshbek Jo‘rayevni Eco Club prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklaydi hamda uning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat, samarali tashabbuslar va yuksak natijalar tilaydi!