ITALIYANING PADUA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI GREEN UNIVERSITYGA TAŞRIF BUYURDI.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University)da Italiyaning Padua universiteti delegatsiyasi bilan ikki tomonlama akademik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi.


Uçraşuvda Green University prorektori Sayidjaxon Xasanov hamda Atabek Babadjanov, va Xalqaro hamkorlik bölimi vakillari, universitetning boşqa mas’ul xodimlari iştirok etdi. Padua universiteti delegatsiyasi tarkibidan universitetning xalqaro aloqalar böyiça ijroçi direktori Dr. Camilla Girasole hamda Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar böyiça maslahatçisi Prof. Paolo Tarolli örin oldi.


Muloqot davomida ikki universitet örtasida akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş, xususan, atrof-muhit texnologiyalari, iqlim özgarişiga moslaşiş hamda tabiiy resurslarni barqaror boşqariş yönalişlarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.


Şuningdek, talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvini yölga qöyiş, qöşma ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş, ilmiy naşrlar tayyorlaş hamda xalqaro grant dasturlarida hamkorlik qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaş, universitetlar örtasidagi institutsional va akademik aloqalarni mustahkamlaş hamda uzoq muddatli, özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş böyiça amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş yuzasidan fikr almaşdilar.