Green University’da “Xalqaro moviy osmon uchun toza havo kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

  • 08.09.2026
  • 24

2026-yil 7-sentabr kuni Green Universityda “Xalqaro moviy osmon uchun toza havo kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi maslahatchisi Alisher Salomov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Kenji Hirata, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturining (UNEP) Yevropa bo‘yicha mintaqaviy ofisi direktorining o‘rinbosari Hossein Fadaei (onlayn), BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) doimiy vakili o‘rinbosari Anas Karman, “Zamin” xalqaro jamoat fondi direktori Aziz Ganiev, shuningdek, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.


Muhokamaning asosiy mavzularidan biri O‘zbekistonda milliy havo sifatini monitoring qilish tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘ldi. So‘nggi besh yil davomida mamlakat bo‘ylab 28 ta avtomatlashtirilgan monitoring stansiyasidan iborat tarmoq tashkil etildi. Havo sifati haqidagi ma’lumotlar esa maxsus raqamli platforma orqali jamoatchilik uchun ochiq bo‘ldi. Ishtirokchilar keyingi muhim vazifa ushbu ma’lumotlardan havo ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan samarali choralarni ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashda tizimli foydalanish ekanini ta’kidladilar.


Davra suhbatida, shuningdek, havo ifloslanishining iqtisodiy ta’siri, jumladan, sog‘liqni saqlash xarajatlari, mehnat unumdorligi va barqaror rivojlanishga ta’siri muhokama qilindi. Ishtirokchilar havo sifatini monitoring qilish va modellashtirishning zamonaviy yondashuvlari, ishonchli va taqqoslanadigan ma’lumotlarning ahamiyati hamda samarali ekologik siyosatni ishlab chiqishda dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilishning o‘rni haqida fikr almashdilar.


Qum va chang bo‘ronlari hamda transchegaraviy havo ifloslanishiga alohida e’tibor qaratilib, muvofiqlashtirilgan harakatlar va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. UNEP, UNDP, Finlyandiya meteorologiya instituti va UNECE vakillari monitoring, baholash, siyosatni ishlab chiqish va mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha xalqaro tajriba hamda yondashuvlari bilan o‘rtoqlashdilar.


Davra suhbati milliy institutlar va xalqaro hamkorlar o‘rtasida muloqot uchun platforma bo‘lib xizmat qildi. Unda havo ifloslanishini monitoring qilishdan olingan ma’lumotlardan havo sifatini yaxshilash va O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan aniq choralarni amalga oshirishda foydalanishga o‘tish muhimligi ta’kidlandi.


Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yoʻlidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga oʻtish
#MUSTAQILLIK35