Green Universityda kitobxonlik targ‘iboti tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • 26.06.2026
  • 278

2026-yil 24-iyun kuni Green Universityda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlar o'rtasida kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi


Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar yuzasidan fikr almashib, kitobxonlikni keng targ‘ib etishga doir taklif va tashabbuslarini bildirdilar.


Bunday tadbirlar yosh avlodning bilimga intilishi, mustaqil fikrlashi va ma'naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.