Green University — Markaziy Osiyoda va undan tashqarida iqlim ta’limini rivojlantirish
Maqsad (Vision)
Atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish sohalariga ixtisoslashgan, Markaziy Osiyo va undan tashqarida tadqiqotlarga asoslangan ta’lim muassasasi sifatida global miqyosda tan olinish.
Missiya
- Ekologik muammolarni samarali hal etish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali olimlar, mutaxassislar, menejerlar va tadbirkorlarni tayyorlash.
- Yangi avlod mutaxassislarni tarbiyalash orqali dolzarb ekologik muammolarning yechimiga hissa qo‘shish, barqaror rivojlanishni ilgari surish va ushbu muhim sohalarda innovatsiyalarni rag‘batlantirish.
- Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy hamkorlik, innovatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar hamda muhim va umumiy ekologik masalalarga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishda yagona platforma bo‘lish.
Asosiy qadriyatlar
Barqarorlik — faoliyat, ta’lim, tadqiqot va jamoatchilik bilan ishlashda ekologik barqarorlikka sodiqlik. Ekologik izni kamaytirish va barqaror amaliyotlarni qo‘llab-quvvatlash.
Halollik — boshqaruv, akademik faoliyat, tadqiqot va talaba hayotida yuqori axloqiy va professional standartlarni saqlash. Halollik, shaffoflik va mas’uliyatni mustahkamlash.
Innovatsiya — ekologik muammolarga innovatsion dasturlar, texnologiyalar va yechimlarni joriy etish. Fanlararo va ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash.
Mas’uliyat — talabalar va keng jamoani adolatli va barqaror kelajak yaratishga tayyorlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olish. Ekologik yetakchilarni tarbiyalashga e’tibor.
Hurmat — xilma-xillik, inklyuzivlik hamda inson va sayyohaga hurmat madaniyatini shakllantirish. Ekologik va ijtimoiy adolatni qo‘llab-quvvatlash.
Hamkorlik — barqarorlikni rivojlantirish uchun hukumat, NNTlar, sanoat hamda mahalliy va global jamoalar bilan mazmunli hamkorlik qilish.
Quvvatlantirish — talabalarga ijobiy ekologik ta’sir ko‘rsatish uchun bilim va ko‘nikmalar beradigan transformatsion ta’lim tajribalarini taqdim etish.
Farovonlik — talabalar, xodimlar va keng jamoaning holis farovonligini rivojlantirish. Sog‘liq, ongli hayot va tabiat bilan bog‘lanishni mustahkamlash.
Ushbu qadriyatlarni shakllantirishda Green Universityning umumiy maqsad va missiyasiga moslik, manfaatdor tomonlar ustuvorliklarini aks ettirish, qisqa muddatli maqsadlardan tashqari uzoq muddatli intilishlarga e’tibor qaratish hamda qadriyatlarni universitet madaniyatiga chuqur singdirish muhim hisoblanadi. Bu qadriyatlar boshqaruv, strategiya, operatsiyalar, akademik faoliyat va talaba hayotini shakllantirishi kerak.
English
Русский
O'zbek