
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasiga yöllagan maktubida yoş avlodning kelajagi, ta’lim oliş imkoniyatlari, vaqtning qadri, tinimsiz mehnat, insoniylik va Vatan oldidagi mas’uliyat kabi muhim hayotiy masalalar hamda hayotiy saboqlar mujassamlaşgan.
Ta’lim va yaratilgan imkoniyatlar qadri. Prezidentimiz öz bolalik yillaridagi maşaqqatli mehnatni, yozning jaziramasida ğöza çopiş va sovuq kunlarda paxta teriş bilan boğliq xotiralarini yodga oldi. Bugungi yoşlar uçun yaratilayotgan zamonaviy ta’lim şaroitlari, ilm oliş va öz salohiyatini namoyon etiş imkoniyatlari ana şu tarixiy tajriba bilan qiyoslanganda, ularning qadriga yetiş naqadar muhim ekani yanada teran anglaşiladi.
Vaqt qadri va tinimsiz izlaniş. Maktubda vaqtning bebaho ne’mat ekani, mamlakat ravnaqi yölida fidokorona mehnat qiliş zarurligi alohida ta’kidlanadi. Bu yoşlarni har bir daqiqadan unumli foydalanişga, ilm-fan bilan şuğullanişga, xorijiy tillarni örganişga va muntazam ravişda öz ustida işlaşga undaydi.
Insoniylik va vatanparvarlik. Maktubda ilgari surilgan insoniylik, halollik, mehr-oqibat va Vatanga sadoqat ğoyalari yoş avlodning ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday vaziyatda insoniy fazilatlarni asrab-avaylaş, el-yurt manfaatlarini ustuvor biliş har bir yoşning hayotiy tamoyiliga aylanişi lozim.
Ta’kidlaş joizki, respublikadagi barça Yaşil texnikumlarda ham Prezident maktubining mazmun-mohiyati keng tarğib etilmoqda.
Uşbu maktubda bayon etilgan samimiy tilak va nasihatlar mamlakatimiz yoşlari uçun katta ma’naviy dalda, kelajakka işonç va mas’uliyat tuyğusini mustahkamlovçi muhim murojaatdir.






