
Hurmatli talabalar! Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, iqlim özgarişi, gidrometeorologiya va barqaror rivojlaniş yönalişlarida tadqiqot olib borayotgan bölsangiz, maqolangizni quyidagi naşrlarda çop ettirişingiz mumkin.
1. «Ekologiya xabarnomasi» ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-amaliy jurnali
Jurnal 1995-yildan buyon çiqib kelmoqda va OAK tomonidan tan olingan ilmiy jurnallar röyxatiga kiritilgan. Unda ekologiya sohasidagi davlat siyosati, ekologik monitoring, yaşil iqtisodiyot, suv, havo va tuproq muhofazasi, çiqindilarni boşqariş, çöllanişga qarşi kuraş hamda iqlim özgarişiga moslaşişga oid maqolalar e’lon qilinadi.
Maqolalar özbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi va ikki tomonlama yaşirin (double-blind) taqrizdan ötkaziladi. Jurnal yiliga 4 marta çiqadi.
Jurnal OAK Rayosatining qarori bilan geografiya, ekologiya, Atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, geologiya-mineralogiya, qişloq xöjaligi va veterinariya fanlari böyiça dissertatsiya natijalarini e’lon qiliş uçun tavsiya etilgan naşrlar röyxatiga kiritilgan.
Sayt: https://nbsep.uz/eco
Murojaat uçun: https://t.me/rustamovich_u
2. «Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi» ilmiy jurnali
Jurnalni Green University huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti naşr etadi. Unda meteorologiya, gidrologiya, agrometeorologiya, klimatologiya, ob-havo va toşqinlarni prognozlaş hamda atrof-muhit ifloslanişi monitoringi böyiça maqolalar çop etiladi.
Jurnal OAK Rayosatining 2021-yil 30-apreldagi qarori bilan fizika-matematika, qişloq xöjaligi va geografiya fanlari böyiça dissertatsiya natijalarini e’lon qiliş uçun tavsiya etilgan naşrlar röyxatiga kiritilgan.
Sayt: https://journal.hmri.uz/
Murojaat uçun: info@nigmi.uz, (+998 71) 235 83 50
3. «Ekologik muammolarning tabiatga asoslangan yeçimlari» (NBSEP) xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallar töplami
Anjumanni Green University huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qiliş texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yildan beri har yili ötkazib keladi. Bu yil anjuman 27–28-noyabr kunlari bölib ötadi.
Sayt: https://nbsep.uz/nbsep
Murojaat uçun: https://t.me/rustamovich_u
Maqola yuborişdan oldin har bir naşrning saytidagi talablar bilan tanişib çiqing va maqolangizni şu talablarga muvofiq rasmiylaştiring. Savollar bölsa, yuqoridagi manzillar orqali murojaat qilişingiz mumkin.





