ILMIY SEMINARGA TAKLIF ETAMIZ!
- 15.10.2026
- 43
2026-yil 16-oktyabr kuni soat 11:00 da Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti Green University Axborot-resurs markazida ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar mavzulari:
🟢Tadqiqotchilar uchun xorijiy ilmiy ma’lumotlar bazalari;
🟢Web of Science (WoS) va Scopus bazalarida indekslangan ilmiy jurnallar;
🟢MyLOFT platformasidan foydalanish tartibi;
🟢Dissertatsiya uchun bibliografik yozuvlar va adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish;
🟢UDK indeksini onlayn olish tartibi.
🟢Seminarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar hamda professor-o‘qituvchilarni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Tashkilotchilar:
🟢Green University Axborot-resurs markazi,
🟢Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,
📍Manzil: Green University, Axborot-resurs markazi
⏰Vaqt: 11:00
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Axborot-resurs markazi rahbari — Roza Smamutova
☎️ +998 90 422 44 40
Ilmiy salohiyatingizni oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
English
O'zbek
