Green University’da Jahon banki vakillari bilan ikkinchi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • 22.05.2026
  • 403

2026-yil 20-may kuni Green University’da Jahon banki vakillari, “Smart Eco” konsalting kompaniyasi, Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologik ekspertiza davlat markazi vakillari ishtirokida ikkinchi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ekologik va ijtimoiy (E&S) tekshiruv va baholash bo‘yicha qo‘shma pilot ta’lim dasturini amalga oshirish hamda Green University talabalari uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlandi.

Jahon banki jamoasi 2026-yil iyun oyiga rejalashtirilgan ekologik va ijtimoiy baholash bo‘yicha O'qituvchilarni o'qitish pilot dasturining batafsil rejasini taqdim etdi. Mazkur trening ikki nafar xalqaro konsultant tomonidan olib boriladi va uchta sessiya doirasida taxminan 12 akademik soatni o‘z ichiga oladi.

Trening 2026-yil 9–11-iyun kunlari oflayn shaklda, 20–25 nafar ishtirokchi bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Maqsadli guruh tarkibiga ESIA amaliyotchilari, ekologik inspektorlar, o‘qituvchilar, universitet professor-o‘qituvchilari hamda milliy ekologik ekspertlar kiradi.

Uchrashuvning asosiy natijalaridan biri Green University talabalari uchun Ekologik va Ijtimoiy tekshiruv va baholash jarayoni bo‘yicha  o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Republic of Uzbekistan

35 years of State Independence

United homeland, united people — we create a new life and future!

Independence is our freedom, our dignity, and the path to a green, sustainable future for the next generations. The Green University community celebrates this historic day with pride and gratitude.

Dear compatriots! Happy Independence Day! We wish you peace, progress, and a greener future!

Mustaqillik 35 portal

Visit the official portal for events, news, and regional programmes dedicated to the 35th anniversary of Independence.

Go to mustaqillik35.uz
#INDEPENDENCE35