Harbin Institute of Technology delegatsiyasi Green University’ga tashrif buyurdi

  • 12.05.2026
  • 13

2026-yil 12-may kuni Green Universityda Harbin Institute of Technology dekani Wang Jian boshchiligidagi 10 nafar delegatsiya tashrifi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tashrif ekologik barqaror taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash hamda “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishida xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Shuningdek, sun’iy intellekt (AI) asosida yaratilayotgan ilg‘or ekologik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ekologik monitoring, tabiiy resurslarni boshqarish, sanoat jarayonlarini raqamlashtirish, resurs tejamkor texnologiyalar hamda ekologik samarador ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, investitsiyalarni rag‘batlantirish siyosati, “yashil” rivojlanish strategiyalari va sanoatning raqamli transformatsiyasi bo‘yicha davlat organlari, ilmiy muassasalar hamda xususiy sektor vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Green University hamda Harbin Institute of Technology o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.